Maktabimizda o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Q.Saytov fan oyligi doirasida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligiga 33-yil to‘lishi munosabati bilan 10- sinf o‘quvchilari bilan birgalikda “Bag‘rikenglik timsolisan – o‘zbek tilim” mavzusida adabiy kecha o‘tkazdi. Maktab faollar zalida o‘tkazilgan adabiy kechada maktab direktori Sh. Piraliyeva, mаktаb mа’nаviy-mа’rifiy ishlаr bo‘yichа dirеktоr o‘rinbоsаri Аbdirаmаnоvа L, o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Ayaganova vа dаvlаt tili o‘qituvchilаri qаtnаshdi. 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bu kechada o‘quvchilar she’rlar aytishdi, sahna ko‘rinishlari qo‘yilib, milliy raqs va qo‘shiqlar ijro etildi.